+998 55 518 57 77

TDYU talabalari uchun institutda ochiq eshiklar kuni!

05.11.2025 24

Bugun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar institut faoliyati, o‘quv jarayoni, elektron kutubxona, xalqaro ilmiy bazalar va malaka oshirish dasturlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ular institut professor-o‘qituvchilari bilan muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir yosh yuristlarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga tayyorlashga xizmat qildi.