+998 55 518 57 77

Institutning yangi binosida ilk an’anaviy dars mashg‘uloti boshlandi

18.08.2025 34

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik xizmat xodimlari (yuriskonsultlar) guruhi tinglovchilari uchun yangi binoda ilk dars mashg‘uloti boshlandi.

Mashg‘ulotning dastlabki soatini Institut direktorining birinchi o‘rinbosari R. Xursanov ochib berib, tinglovchilarni yangi bino va unda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun joriy etilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

Shu kuni, shuningdek, Institutda “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkil etilib, unda tinglovchilar va tashrif buyurgan mehmonlar yangi binodagi o‘quv xonalari, kutubxona, elektron resurs markazi hamda boshqa yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur mashg‘ulotlar yuridik xizmat xodimlarining huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.