Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik faollari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Jamoatchilik kengashi raisi Xayriddin Fayziyev o‘z chiqishida quyidagicha ta’kidladi:
“Davlat xizmatlari markazlarining faoliyati bevosita fuqarolarga qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Shu bois markaz xodimlarining kasbiy mahorati, muloqot madaniyati va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish dolzarb vazifalardan biridir.”
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan soha rivojiga doir dolzarb masalalar muhokama qilinib, taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
![]() |
![]() |




