+998 71 200 02 35

Huquqiy asos, amaliy natija: Prezident Farmonining ahamiyati

26.06.2025 151

2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martda 171-son Qarori imzolandi. Ushbu Farmon va Qarorlar imzolanishining asosiy sababi eng avvalo “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining ma’suliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘lib, ayni shu Farmon bilan amalda tarqoq bo‘lgan 4 ta adliya tizimidagi ta’lim muassasalarini birlashtirgan holda yagona Institut ya’ni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi.

Yuqoridagi hujjatlar bilan Institut oldiga bir qancha muhim vazifalar belgilab berildi. Eng asosiysi avval ushbu muassasada advokatlar, yuridik xizmat xodimlari, notariuslar, patent vakillari malaka oshirgan bo‘lsa endilikda Institutga yangi yo‘nalish sifatida arxiv ishi va ish yuritish, yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish, oliy ma’lumotli shaxslarni yuridik mataxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash hamda Respublika bo‘yicha sud-ekspertlarining malakasi hamda huquqiy bilimlarini oshirish vazifasi yuklatildi.

Topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ilk bora Ruspublika bo‘yicha sud-ekspertiza tashkilotlarining davlat hamda nodavlat sud-ekspertlari uchun 36-soatlik dastur asosida “Huquqiy bilimlarni oshirish” nomli o‘quv kursi tashkil etildi.  

Xo‘sh, savol tug‘ilishi tabiiy: kurs ekspertlar uchun qanchalik foydali?

Huquqiy bilimlarni oshirish orqali ekspertlar xizmat faoliyatida qanday natijalarga erishadilar?!

Barchamizga ma’lumki ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning xizmat vazifasi barchadan ko‘ra ancha mas’uliyatliydir. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan davrda qonunchilikda bo‘lib turgan yangiliklar, raqamli texnologiyalar sun’iy intellekt kabi yangiliklar soat sayin o‘zgarmoqda. Ish jarayonini  qonuniy hamda shaffof tarzda olib borish uchun ham har bir sud-ekspert xodimi o‘zining huquqiy bilimlarini yangilab turishi maqsadga muvofiqdir.

Institut tomonidan tashkil etilgan ekspertlar  uchun huquqiy bilimlarni oshirish kursida 22 nafar Respublika bo‘yicha turli tashkilotlarning ekspertlari huquqiy bilimlarini oshirdi. Dars jarayonlari nafaqat Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan balki asosan yetuk amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib borildi. Kursdan ko‘zlangan maqsad ekspertlarga Konstitutsiya va qonunlar, qonun osti hujjatlari, tegishli me’yoriy- huquqiy va idoraviy hujjatlarga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida ma’lumotlar berish, ekspertlarni sud-huquq islohotlarining mohiyatini va ustuvor yo‘nalishlari hamda jamiyat va davlat hayotida yuz berayotgan siyosiy-huquqiy islohatlardan xabardor qilish  edi. Kurs davomida ekspertlar nafaqat huquqiy bilimlarini balki kasbiy faoliyatining psixologik jihatlarini ham mustahkamlashdi.

 

Xulosa qiladigan bo‘lsak, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dargoh yiliga 26 mingdan ortiq tinglovchini qamrab olayotgani, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan Institut zimmasiga muhim vazifalar yuklatilganligini inobatga olgan holda, sud-ekspert xodimlarining amaliy faoliyatdan ajralmagan holda o‘z kasbiy va huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
bosh mutaxassisi, M.Tolipova