+998 71 200 02 35
03:49:11    06.05.2025 Se

Yuristlar malakasini oshirish markazida Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyoda yuridik kasb vakillarini inson huquqlari boʻyicha oʻqitish (HELP)” loyihasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

05.04.2022 3103

Loyihaning maqsadi Yevropa Kengashining asosiy konvensiyalari va boshqa xalqaro standartlar asosida Yevropa va Markaziy Osiyo oʻrtasida umumiy huquqiy makon yaratishning afzalliklari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish hamda Markaziy Osiyo yuridik kasblar vakillarining inson huquqlari sohasi boʻyicha Yevropa standartlari haqidagi bilim darajasini oshirishga qaratilgan.