Bugun, 28-avgust kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt: 60 yillik taraqqiyot va zamonaviy tendensiyalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 60 yillik taraqqiyot yo‘li, unda belgilangan huquq va erkinliklarni ta’minlashning xalqaro standartlari, milliy qonunchilikdagi o‘ziga xos jihatlar hamda so‘nggi zamonaviy tendensiyalar atroflicha muhokama qilindi.
Davra suhbatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi doktoranti G‘ofurjonov Nizomiddin Akmaljon o‘g‘li ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir ishtirokchilarga iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni xalqaro va milliy darajada ta’minlash masalalarini yanada chuqurroq anglash, sohadagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.
![]() |
![]() |




