+998 55 518 57 77

JST HUQUQI, YASHIL IQTISODIYOT VA INVESTITSIYA: YANGI DAVR HUQUQSHUNOSLARI UCHUN MUHIM BILIMLAR

04.09.2026 24

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Jahon savdo tashkiloti huquqi doirasida yashil iqtisodiyot, energetika va investitsiya huquqi” mavzusida xalqaro seminar-trening o‘tkazildi.

Treningda JST huquqining asosiy tamoyillari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya, karbon soliqlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro savdo qoidalarini amaliyotda qo‘llash, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda investorlar uchun barqaror huquqiy muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy maqsad — huquqshunoslarni O‘zbekistonning yangi iqtisodiy va xalqaro huquqiy sharoitlarida ishlashga tayyorlash, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish.

Seminar-trening Germaniyaning “Konrad Adenauer” nomidagi jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar savol-javob va keyslar tahlilida qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.