+998 55 518 57 77

Xalqaro arbitraj bo‘yicha nufuzli trening boshlandi

24.04.2026 53

2026-yil 20-aprel kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xalqaro arbitrajga bag‘ishlangan ikki kunlik o‘quv-amaliy treningning birinchi kuni muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur trening Turkic Arbitration Association bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Treningda Fransiya, Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon va Qozogʻistonda faoliyat yurituvchi xalqaro miqyosda tan olingan ekspertlar ishtirok etib, tinglovchilar bilan o‘z tajribalari va amaliy bilimlarini bo‘lishdilar. Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda olib borilib, ishtirokchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.

Treningning birinchi kuni davomida quyidagi muhim mavzular yoritildi:

-xalqaro arbitraj institutlari, asosiy qoidalar va jarayon ishtirokchilarining roli;

-arbitraj kelishuvlarini to‘g‘ri tuzish hamda yurisdiksiya bilan bog‘liq muhim jihatlar;

-arbitraj sudini shakllantirish, arbitrlarni tayinlash va ularning mustaqilligi;

-protsessual boshqaruv, ish yuritish tartibi hamda murakkab nizolarni samarali boshqarish usullari;

-investitsiyaviy arbitraj bo‘yicha maxsus taqdimot.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlar, balki real amaliy misollar asosida muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar hamda xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.