+998 55 518 57 77

Master-klass tashkil etildi

31.03.2026 80

Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun "Intellektual mulk va korporativ ishlarda advokatning roli" mavzusida master-klass tashkil etildi.

Master-klass "PRUDENTIA" advokatlik byurosi advokati Norqulov Abdumajid Abdurashid o‘g‘li tomonidan olib borildi.

Tadbir davomida tinglovchilar:

-Intellektual mulk obyektlarini huquqiy jihatdan himoya qilish, mualliflik huquqi va patent masalalarining amaliy jihatlari;

-Korporativ huquq doirasida yuzaga keladigan nizolar, ularni hal etish mexanizmlari va huquqiy yechimlar;

-Amaliy misollar orqali real ish tajribasi va huquqiy strategiyalarni qo‘llash ko‘nikmalari haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.

Bu  kabi master-klasslar tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.