Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun "Intellektual mulk va korporativ ishlarda advokatning roli" mavzusida master-klass tashkil etildi.
Master-klass "PRUDENTIA" advokatlik byurosi advokati Norqulov Abdumajid Abdurashid o‘g‘li tomonidan olib borildi.
Tadbir davomida tinglovchilar:
-Intellektual mulk obyektlarini huquqiy jihatdan himoya qilish, mualliflik huquqi va patent masalalarining amaliy jihatlari;
-Korporativ huquq doirasida yuzaga keladigan nizolar, ularni hal etish mexanizmlari va huquqiy yechimlar;
-Amaliy misollar orqali real ish tajribasi va huquqiy strategiyalarni qo‘llash ko‘nikmalari haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.
Bu kabi master-klasslar tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
![]() |
![]() |




