+998 55 518 57 77

Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam

24.04.2026 120

Xalqaro arbitraj sohasiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy trening doirasida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Turkic Arbitration Association o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro arbitraj sohasida bilim va tajriba almashinuvini kengaytirish hamda mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Hujjat doirasida:

qo‘shma o‘quv dasturlari va treninglarni tashkil etish;

xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminar va konferensiyalar o‘tkazish;

ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish;

tinglovchilar va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish nazarda tutilgan.

Mazkur kelishuv Institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.