+998 55 518 57 77

Sun’iy intellekt va huquq: kelajak sari muhim qadam

06.04.2026 289

Adliya tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari izchil davom etayotgan bir davrda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Huquqni qo‘llash amaliyotida sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur nufuzli anjuman huquq sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda yetakchi olimlar, huquqshunos-amaliyotchilar, sud-huquq tizimi vakillari, IT mutaxassislari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

-Sun’iy intellektni huquqni qo‘llash amaliyotiga integratsiya qilish

-Sud qarorlarida inson omili va algoritmik yondashuv muvozanati

-Shaffoflik, hisobdorlik va etik masalalar

-Ma’lumotlar himoyasi va shaxsiy hayot daxlsizligi

-Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning zamonaviy usullari kabi yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ldi.

Konferensiya yakunida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar huquqni qo‘llash tizimini modernizatsiya qilish, qonunchilikni takomillashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz va samarali joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur tadbir nafaqat ilmiy muloqot maydoni, balki kelajakdagi keng ko‘lamli islohotlar uchun mustahkam konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.