+998 55 518 57 77

Institutda mustaqil izlanuvchilik uchun imtihon bo‘lib o‘tdi

25.05.2026 63

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida kirish imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar:

12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya va bojxona huquqi
12.00.03 – Fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, oila huquqi hamda xalqaro xususiy huquq

Mazkur imtihonda ochiq va shaffof tamoyillar asosida o‘tkazilib, izlanuvchilarning nazariy bilimlari va ilmiy salohiyati har tomonlama baholandi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash hamda ilm-fan sohasini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling
+998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84