+998 55 518 57 77

INSTITUTDA MATBUOT ANJUMANI: USTUVOR VAZIFALAR VA AMALIY NATIJALAR E’TIBOR MARKAZIDA

31.03.2026 85

Institutimizda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’lim jarayonini takomillashtirish, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi.

Tadbir davomida institutning ustuvor vazifalari sifatida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish, tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tinglovchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar — zamonaviy o‘quv auditoriyalari, interaktiv ta’lim usullari, masofaviy ta’lim imkoniyatlari va boy axborot-resurs bazasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ta’lim jarayonining sifatini oshirish, har bir tinglovchining individual rivojlanishiga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Institut faoliyatida xalqaro hamkorlik alohida o‘rin tutib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilayotgani, ilg‘or tajribalar joriy qilinayotgani ta’kidlandi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga ochiq va batafsil javoblar berildi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir institut faoliyatining shaffofligi va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni ta’minlashga xizmat qildi.