Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rahbariyati ishtirokida Toshkent shahar Mirobod tumani Inoqobod MFYda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, amaldagi qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda, shuningdek, yosh fermerlarni qiziqtirgan masalalarga alohida e’tibor qaratilib, yerdan foydalanish huquqi, qishloq xo‘jaligi sohasida ajratilayotgan kredit va subsidiyalardan foydalanish tartibi hamda ushbu yo‘nalishdagi amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.
![]() |
![]() |




