30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda institut rahbariyati hamda yosh xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda har tomonlama kamol topishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Institutning ilmiy, sport va jamoat hayotida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi. O‘zining bilim, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan jamoaga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlar ta’kidlanib, ularga samimiy minnatdorlik bildirildi.
Tadbir yakunida yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularning kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
![]() |
![]() |




