+998 55 518 57 77

Dolzarb masalalar muhokama markazida!

24.04.2026 114

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida reproduktiv salomatlik, gender zo‘ravonligi hamda odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda:

odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va islohotlar,

gender zo‘ravonligi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda inson huquqlarini ta’minlash,

ayollar reproduktiv salomatligini himoya qilish kafolatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, zamonaviy tibbiy yondashuvlar, jumladan yordamchi reproduktiv texnologiyalar (EKO), surrogat onalikning xalqaro tajribasi va ularni huquqiy tartibga solish masalalari ko‘rib chiqildi.

Konferensiya davomida:

reproduktiv salomatlikni ta’minlashdagi muammolar,

ayollarning kasbiy faoliyatida stressga chidamlilik,

sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari alohida e’tiborga olindi.

Mazkur tadbir turli soha mutaxassislarini birlashtirib, dolzarb muammolarga kompleks yondashuv asosida yechimlar ishlab chiqish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.