+998 55 518 57 77

AXBOROT-RESURS MARKAZI FONDI YANADA BOYITILDI

31.03.2026 77

Axborot-resurs markazi fondini boyitish, shuningdek tizimda kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan institutga qimmatli adabiyotlar taqdim etildi.

Mazkur tashabbus doirasida jami 17 turdagi 46 nusxa darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy nashrlar Axborot-resurs markazi fondidan munosib o‘rin egalladi.

Ushbu adabiyotlar:

tinglovchilar bilimini mustahkamlashga,

nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga,

yuridik sohada zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus uchun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.