+998 71 200 02 35

Kafedralar


 

Fayziev Xayriddin Sirojiddinovich

Fayziev Xayriddin Sirojiddinovich, 1958-yil 20-sentabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1985-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2021-yilda “Davlat boshqaruvi organlarida yuridik xizmat tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  dissertasiyasini yoqlagan. 2022-yil may oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Pedagoglar markazi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. U tomondan 1ta monografiya, 5 ta o‘quv va o‘quv-amaliy qo‘llanmalar, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 2002-yilda “Shuhrat” medali, 2010-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan. 2022-yil sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Faxriylar kengashi raisi hamda Jamoatchilik kengashi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

 

 

Raximov Doniyor Baxtiyaravich

Raximov Doniyor Baxtiyaravich 1972-yil 28-aprelda Xоrazm viloyatining Xazorasp tumanida tug'ilgan. 1994-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. 1989-yildan 2004-yilgacha davlat muassasalarda ishlagan. 1998-yilda «Aholiga yuridik xizmat ko'rsatishning fuqarolik-huquqiy muammolari» mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2004-2009 yillar mobaynida Fuqarolik ishlari bo’yicha Xorazm viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan. 2019- 2020 yillarda Yuristlar malakasini oshirish markazning Ta'lim jarayoni sifatini uslubiy ta'minlash, monitoring qilish va baholash bo'limi boshliqi lavozimida ishlagan. 2020-yil dekabr oyidan boshlab Yuristlar malakasini oshirish markazning kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish kafedrasi dotsenti, 2022-yil sentyabr oyidan boshlab shu kafedraning professori vazifasini bajaruvchisi, 2025-yil aprel oyidan boshlab Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Pedagoglar Markazi professori vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2022-yillda «Majburiyatlar bajarilishini fuqarolik-huquqiy ta’minlash» mavzusidagi doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qilgan. U tomondan 6 ta monografiya va risolalar hamda 100 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan.

Elektron pochta manzili: raximov_doniyor72@mail.ru

 

 

 

Shakurov Rafik Ravilyevich

1967-yil 16-aprelda Samarqand viloyati Kattaqurg'on shahrida to'gigan. 1993-yilda O'zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy maktabini tamomlagan. 1993-2011 yillarda O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida jinoyat huquqi kafedrasi o'qituvchisi, jinoyat huquqi kafedrasi boshlig'ining o'rinbosari, kriminalistika kafedrasi boshlig'i lavozimlarida xizmat qolgan. 2003-yilda “Ijobiy xatti-harakatlarni jinoyat-huquqiy tartibga solish” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan, 2007-yillda dotsent ilmiy unvonga ega bulgan. 2012-2017-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “O'zbekistonda demokratik  jamiyat q'orish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2017-2018 yillarda Toshkent shahri “Adilov’s sons” advokatlik firmasida, so'ng “Advokat Rafik Shakurov” advokatlik byurosi advokati lavozimida ishlagan. 2018-yil 7-sentyabrdan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida, 2025-yil 11-apreldan esa O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. U tomondan bitta monografiya, o'nta o'quv va o'quv-amaliy qullanmalar, 100 dan ortiq ilmiy, ommabop maqolalar va tezislar chop etilgan.

Elektron manzilshakurov.rafik.67@mail.ru

 

 

 

 

Nasullaev Mubin Nutfullaevich

Nasullaev Mubin Nutfullaevich, yuridik fanlari nomzodi, dotsent, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bosh boshqarmalarida va Ijtimoiy  ta’minot vazirligida katta huquq maslahatchisi, Toshkent Davlat universiteti huquqshunoslik fakultetida o‘qituvchi, Toshkent davlat yuridik institutida katta o‘qituvchi, Oliy xo‘jalik sudi sudyasi, Qashqadaryo viloyati xo‘jalik sudining raisi, Oliy xo‘jalik sudi Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i, Sud amaliyotini umumlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi, O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti dotsenti lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi paytda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Pedagoglar markazi dotsenti va advokatlik byurosi advokati vazifalarida ishlab kelmoqda. 12.00.03, 12.00.04 ilmiy mutaxassisliklari bo‘yicha “Yuridik faktlarni belgilash bo‘yicha alohida tartibda ish yuritish” mavzusiga oid dissertatsiya tadqiqot ishlarini bajargan. Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Faxriylar kengashi raisi sifatida faoliyat olib boradi.

 

 

 

 

 

Valijonov Daler Dilshodovich

Valijonov Daler Dilshodovich 1990-yil 11-sentabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. 2015-yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bakalavr, 2017-yili Toshkent davlat yuridik universitetini magistratura bosqichini va 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida boshlagan. 2019-2025 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasining o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, Rektoratning Korrupsiyani oldini olish va komplaens-nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi, “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasining dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimida, shuningdek 2024-2025 yillari Toshkent xalqaro universitetining “Huquqiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida, 2025-yilning 19-may kunidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Pedagoglar markazi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 12.00.10 – Xalqaro huquq ixtisosligida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va dotsent ilmiy unvoniga ega, shuningdek “1-darajali yurist” maxsus martaba darajasi va “ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi bo‘yicha menedjer/ichki auditor” xalqaro sertifikati sohibi hisoblanadi. 70 ga yaqin ilmiy va o‘quv ishlanmalar, shu jumladan darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, risola, xorijiy va milliy ilmiy jurnallarda maqolalar va xalqaro, respublika darajasidagi ilmiy to‘plamlarda tezislar muallifi hisoblanadi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boradi.

 

 

 

 

Raxmonov Zafar Zayniddinovich

Raxmonov Zafarjon Zayniddinovich, 1995-yil 10-oktyabr kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan. 2015-2019 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat, 2020-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotib, katta maslahatchi 2020-2022 yillarda Adliya vazirligi Jamaotchilik bilan aloqalar boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 2022-yil 1-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻqituvchi, katta o'qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2025-yil 27-iyun kunidan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Pedagoglar markazi dotsenti v.v.b lavozimida ishlab kelmoqda. Z.Raxmonov 25 ta ilmiy maqola va tizeslar (10 ta xalqaro jurnallar va konferensiyalarda), 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma chop qilgan, shuningdek 15 ta trening va turli xil ilmiy amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan, ommaviy axborot vositalari orqali Institut faoliyatini keng targ‘ib qilish hamda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida jami 50 ga yaqin chiqishlar tashkil qilgan, Institutda yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish maqsadida turli soha vakillar uchun 150 ga yaqin o‘quv dasturlari ishlab chiqqan.

Elektron pochta manzili: z.raxmanov95@mail.ru

 

 

 

 

 

Jumayev Shohjahon Begimqul o'g'li

Jumayev Shohjahon Begimqul o‘g‘li, 1998-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2017-2021 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining "Jinoiy odil sudlov" fakultetini bakalavriat, 2022-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining magistraturasi “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishini tamomlagan. 2021-yilda Qashqadaryo viloyatida, prokuraturada katta nozir lavozimida ishlagan. 2022-yil avgust oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida, 2025-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida professor-o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U tomondan 50 ga yaqin ilmiy, ommabop maqola va tezislar chop etilgan hamda 40 yaqin tele va radio intervyular berilgan.  O'z navbatida Bosh prokuratura Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy tadqiqotchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Elektron manzil: shohjahon7474@gmail.com

 

 

 

 

 

Xodjimuxamedova Dilbar Rixsivaevna

Xodjimuxamedova Dilbar Rixsivaevna 1972-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. 2022-2023- yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining bosh maslahatchisi-psixolog lavozimida ishlagan. 2023-yildan buyon Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. U tomonidan 1 ta uslubiy qo‘llanma, 8 tadan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar chop etilgan. 2025-yilda “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

 

 

 

 

 

Medetbaeva Aqsungul Sharapatdinovna

Medetbaeva Aqsungul Sharapatdinovna 2000-yil 13-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. 2018-2022 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan. 2022-2023 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. 2024-yildan Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti. 2025-yil maydan boshlab Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. U tomonidan 1ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Elektron pochta manzili: aksumedetbaeva@gmail.com

 

 

 

 

Yoqubjonov Ma’rufjon Odiljon ogli

1996-yil 12-dekabrda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida tugilgan. 2021-yil Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.  2025-yil Vengriyaning Szeged universitetini magistratura (LL.M.) bosqichini tamomlagan. 2024-yil davomida Gretsiyaning Afina shahrida Yevropa huquq va boshqaruv maktabi(ELGS)da maxsus kurslarida tahsil olgan. Rasmiy ish faoliyatini 2021-yil sentabr oyida Namangan viloyati, Kosonsoy tumani adliya bolimida boshlagan. 2025-yilning may oyidan buyon Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U tomonidan 10 dan ortiq ozbek va xorijiy tillarda maqolalar chop etilgan.

Elektron pochta manzili: maruf.yokubjonov@gmail.com

 

 

 

 

Abdug'afforov Jasur To'lqin o'g'li

Abdug'afforov Jasur To'lqin o'g'li 2001 yil 26 martda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tugilgan. 2023-yilda Jizzax davlat Pedagogika universitetini tamomlagan. 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida magistraturani tamomlagan. Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetida tayanch doktorant hisoblanib mehnat huquqi sohasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2024-yildan Toshkent shahar adliya boshqarmasi Shayxontohur bo'limida ish faoliyatini boshlab, 2025-yil may oyidan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Shu kunga qadar 10 dan ortiq milliy va xalqaro jurnallarda maqolalari chop etilgan.

 

 

 

 

Mirzaev Islomjon Xushnazar o‘g‘li

Mirzaev Islomjon Xushnazar o‘g‘li 1993-yil 18-dekabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavr bosqichini, 2018-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2016 – 2018-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sud majlisi kotibi, sudya yordamchisi bo‘lib ishlagan. 2018 – 2021-yillarda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasida katta, yetakchi, bosh maslahatchi bo‘lib ishlagan. 2021-yildan Toshkent shahridagi “Business Lawyers Group” advokatlik firmasi advokati, professional mediator. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi. 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, amaliyot va nazariyaga oid o‘nlab maqolalar muallifi. 2025-yil may oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Pedagoglar markazi o‘qituvchisi. 

Elektron pochta: islomjon@blglawfirm.net

 

 

Eshonqulov Azimjon Azamatovich

Eshonqulov Azimjon Azamatovich 1978-yil 2-dekabrda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat Yuridik institutini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2013-yilda AQSH Pennsilvania davlat universitetinining Yuridik fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan. 2000-2006 yillarda Samarqand viloyat prokuratura idoralarida ish o’rganuvchi, tuman prokurori yordamchisi, shahar prokurori yordamchisi va viloyat prokuraturasi sudlarda jinoyat ishlari ko’rilishida prokuror vakolatini ta’minlash bo’limi prokurori lavozimlarida xizmat qilgan. 2025-yilning 26-may kunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Pedagoglar markazi o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Toshkent davlat yuridik universitetida mustaqil izlanuvchi sifatida tadqiqot ishlari olib bormoqda. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boradi.