+998 55 518 57 77

Yaponiyaning Aichi prefekturasi vakillari Institutga tashrif buyurdi

13.10.2026 82

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga Yaponiyaning Aichi prefekturasi vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish hamda hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va yuridik kadrlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonlarida foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv o‘zaro muloqotni davom ettirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratdi.