+998 55 518 57 77

TA'LIM TIZIMINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: SIFATLI TA'LIMNING YANGI BOSQICHI

22.07.2026 43

XXI asr — jadal globallashuv, axborotlashuv, texnologik inqiloblar va raqamli iqtisodiyot davri bo‘lib, u insoniyat hayotining barcha jabhalari qatori uzluksiz ta'lim tizimi oldiga ham tub sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Raqamli transformatsiya jarayoni — bu shunchaki ananaviy o‘quv jarayoniga kompyuter texnologiyalari, elektron darsliklar yoki internet tarmog‘ini tatbiq etish bilan cheklanib qolmaydi. Bu ta'lim falsafasi, boshqaruv mexanizmlari, kadrlar tayyorlash metodologiyasi, bilimlar transferi va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini tubdan yangilovchi strategik evolyutsion bosqichdir. Ushbu o‘zgarishlar davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ayniqsa, huquq sohalarida kadrlar salohiyatini uzluksiz ravishda zamon talablariga moslashtirib borishni taqozo etadi.

Ayniqsa, huquqshunoslik va yuridik kadrlar malakasini oshirish tizimida raqamlashtirish o‘ta muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa hisoblanadi. Chunki tez o‘zgarib borayotgan milliy va xalqaro qonunchilik bazasi, transchegaraviy iqtisodiy munosabatlar, raqamli huquq (Digital Law), kiberjinoyatchilik, blokcheyn texnologiyalari, sun'iy intellekt va uning huquqiy tartibga solinishi bilan bog‘liq yangi realliklar amaldagi yuristlar, sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, advokatlar hamda korporativ yuristlardan doimiy ravishda o‘z bilim va malakalarini oshirib borishni talab qiladi. Ushbu maqolada yuridik soha xodimlarining malakasini oshirish instituti faoliyati misolida ta'lim tizimidagi raqamli transformatsiyaning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari, erishilgan natijalari va kelgusidagi istiqbollari atroflicha ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qilinadi.

 Yuridik ta'limda raqamli transformatsiyaning nazariy-huquqiy asoslari va ilmiy yondashuvlar

Ta'limni raqamlashtirish jarayoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli huquqiy va institutsional islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib, uning ilmiy-nazariy asoslari zamonaviy pedagogika, yuridik fanlar va axborot texnologiyalari sinteziga tayanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi, shuningdek, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga qaratilgan qator Prezident farmon va qarorlari ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni jadal joriy etish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.

Yuridik sohaga ixtisoslashgan malaka oshirish institutlarida raqamli transformatsiya jarayoni quyidagi fundamental va ilmiy tamoyillarga tayanadi:

· Uzluksizlik va moslashuvchanlik (Lifelong Learning): Tinglovchilarning kasbiy va xizmat faoliyatidan (ishdan) uzluksiz ravishda ajralmagan holda masofadan turib o‘z malakasini oshirish, bilimlarini yangilab borish imkoniyati.

· Ochiqlik va shaffoflik: O‘quv jarayonini tashkil etish, bilimni baholash mezonlari va shaffoflikni ta'minlash, inson omilini minimallashtirish hamda korrupsiya xatarlarini mutlaqo bartaraf etish.

Ilmiy adabiyotlarda raqamli transformatsiya tushunchasi ko‘pincha raqamli yetuklik' (digital maturity) tushunchasi bilan bog‘lanadi. Malaka oshirish institutlarida raqamli yetuklikka erishish nafaqat texnik jihozlanishni, balki professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarning raqamli madaniyatini (digital culture) yuksaltirishni ham talab qiladi.

Institut faoliyatida raqamli ekotizimning yaratilishi va uning arxitekturasi

Yuridik kadrlarning malakasini oshirish institutida raqamli transformatsiya bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilib, bugungi kunga kelib yaxlit va o‘zaro integratsiyalashgan “Raqamli institut” platformasi ishga tushurildi. Ushbu ekotizim bir nechta o‘zaro bog‘liq quyi tizimlardan iborat bo‘lib, ular ta'lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladi:

Institutda yaratilgan “Raqamli institut” elektron ta'lim platformasi respublikaning eng chekka hududlaridagi huquqshunos kadrlarga ham dunyoning istalgan nuqtasidan turib onlayn ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish, o‘quv-uslubiy materiallarni o‘z vaqtida o‘qib o‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu platforma arxitekturasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

·  Videomateriallar va multimedia: O‘qitiladigan maxsus huquqiy fanlar va qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha yuqori sifatli video darsliklar, amaliy keyslar va interaktiv vebinarlar.

· Elektron kutubxona: O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchilik ma'lumotlari milliy va xalqaro huquqiy shartnomalar resurslari, ilmiy-amaliy adabiyotlar va sud amaliyoti sharhlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilingan tezkor qidiruv tizimi.

Tinglovchilarning egallagan bilimlarini xolisona va adolatli baholash maqsadida test sinovlari, kazus, topshiriqlar to‘liq raqamlashtirilgan. Shuningdek, raqamli tahlil (Educational Analytics) vositalari yordamida tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari real vaqt rejimida (Real-time monitoring) tahlil qilib boriladi, bu esa o‘qitish sifatini tezkor boshqarish imkonini beradi.

O‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalar va sun'iy intellektni joriy etish yo‘nalishlari

Raqamli transformatsiya shunchaki qog‘ozbozlikdan voz kechish va elektron hujjat aylanishiga o‘tish emas, balki ta'lim sifatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiquvchi pedagogik va texnologik yondashuvlarni tatbiq etishdir. Yuridik malaka oshirish jarayonida quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar va texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda:

Raqamlashtirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari

Yuridik ta'lim va malaka oshirish tizimini raqamli transformatsiya qilish jarayoni ko‘plab afzalliklarni berish bilan bir қаtor, ayrim qiyinchiliklar va muammolarni ham yuzaga keltirishi tabiiy. Ushbu muammolarni ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish va bartaraf etish ta'lim samaradorligini kafolatlaydi:

Yuridik institutlar faoliyatida ko‘plab maxfiy ma'lumotlar, test bazalari va tinglovchilarning shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanadi. Shu bois, raqamli platformalarning kiberxavfsizlik darajasini oshirish, shoh-mat (firewall) tizimlarini kuchaytirish va ma'lumotlarni shifrlash talab etiladi.

Texnologiyalar tez o‘zgarib borayotgan bir paytda, ayrim professor-o‘qituvchilar zamonaviy dasturiy ta'minotlar, sun'iy intellekt vositalari va platformalari bilan ishlashda metodik yordamga muhtoj bo‘ladilar. Shu munosabat bilan maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, yuridik soha bo‘yicha malaka oshirish institutlari faoliyatini raqamli transformatsiya qilish – bu zamonning keskin talabi va huquqiy demokratik davlat barpo etishning muhim shartidir. Raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt elementlari va innovatsion yondashuvlarni ta'lim jarayoniga chuqur integratsiya qilish orqali nafaqat ta'lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, balki mamlakatimizda adolat ustuvorligini ta'minlaydigan, zamonaviy fikrlaydigan, raqamli ko‘nikmalarga ega yuqori malakali yuridik kadrlar korpusini shakllantirish mumkin.

Kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida sun'iy intellektga asoslangan shaxsiy maslahatchilar, bulutli ta'lim texnologiyalari va xalqaro huquqiy ma'lumotlar bazalari bilan integratsiyani chuqurlashtirish yuridik ta'lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
Bosh mutaxassisi R.Alimov