+998 55 518 57 77

"Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi

19.06.2026 27

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining saralash bosqichini bo‘lib o’tdi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi Institutda faoliyat yuritayotgan tashabbuskor, intellektual salohiyati yuksak, kasbiy mahoratga ega yosh xodimlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirishdan iborat.


Tanlovda 6 nafar yosh xodim ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini quyidagi shartlar asosida namoyon etdilar:
1-shart – “Men haqimda” taqdimoti;
2-shart – “Tashabbuskorlik va faollik” sharti;
3-shart – “Huquqiy muammoli holat (kazus)” sharti.



Ishtirokchilarning chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida xolis va shaffof tarzda baholab borildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib taqdirlandilar. G‘oliblarga diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda bir martalik moddiy rag‘batlantirish mablag‘lari topshirildi.

Shuningdek, tanlovda eng yuqori ball to‘plagan Pedagoglar markazi dotsenti F. Yusupova Institut nomidan tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda Institut jamoasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.